Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi

Bugun Samarqand shahridagi Yoshlar markazida maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eng ko‘p oltin medal Past Darg‘om tumanidagi 21-maktab o‘quvchilariga tegishli bo‘lib, ularning 12 nafari ushbu mukofot bilan taqdirlandi.

Tadbirda Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi B.Obloqulov va viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilovlar qatnashdi hamda maktab o‘quvchilarining keyingi o‘qishlariga omad tiladi.