Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat komissiyasi tuzildi

Viloyat hokimining 3 avgustdagi qarori bilan odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat komissiyasi tuzildi. Qarorga ko‘ra, komissiyaga viloyat hokimi E.Turdimov rahbarlik qiladi.

Komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

- davlat organlari hamda shahar va tumanlar hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorlikda ishlarini ta’miinlash maqsadida maqsadida ularning odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

- qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish borasida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga amalga oshirishni tashkillashtirish, shuningdek, ularning ijrosini doimiy nazorat qilish;

- odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Milliy komissiyaning taqdimnomalari so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

- odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, oldini olish va ularga chek qo‘yish amaliyotini o‘rganish;

- odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida samarali xalqaro hamkorlik va bahamjihat harakatni tashkil etish, shuningdek, mazkur sohada axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ma’ruzalar tayyorlash.

Viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari hamda mas’ullarga ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Bunda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha brifinglar, intrernet-konferensiyalar, televizion ko‘rsatuvlarda viloyat boshqarma, tashkilot rahbarlari, shahar va tuman hokimliklari hamda jamoatchilik vakillarining ishtirok etishlari ta’minlanadi.