Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda Xorijda istiqomat qilayotgan Vatandoshlar xalqaro forumi o‘tkaziladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xorijda istiqomat qilayotgan Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda yozilishicha, 2019 yil, 27-29 iyun kunlari Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida Samarqand shahrida xalqaro Forum o‘tkaziladi.

Forumni o‘tkazish uchun oldin Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida Samarqand shahrida xalqaro forumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

Tashkiliy qo‘mitaga:

Forumning “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq o‘tkaziladigan tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining veb saytiga joylashtirib borish, internet tarmog‘ida, ijtimoiy tarmoqlarda Forum faoliyatini keng yoritish;

Forumga tashrif buyurgan vatandoshlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, turli xalqaro ilmiy loyihalar, innovatsion jarayonlarda faol qatnashishi yuzasidan tegishli takliflar tayyorlash;

Forumga tashrif buyurgan vatandoshlar orasidan O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan, investitsiya kiritishi bilan bog‘liq istak va talablarini chuqur o‘rganish hamda zarur sharoitlar yaratib berish vazifalari yuklatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “El-yurt umidi” jamg‘armasining buyurtmalariga asosan Forumga tashrif buyuruvchi vatandoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalarini O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda konsullik muassasalarida, zarur hollarda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va «Uzbekistan Airways» AJ “El-yurt umidi” jamg‘armasi buyurtmasiga asosan Forum ishtirokchilari uchun temir yo‘l hamda aviachiptalarni band qilish hamda ularga yuqori sifatda transport xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

Samarqand viloyati hokimligi:

Samarqand shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirilishi, Forum o‘tkaziladigan sahna maydonlari va bino-inshootlari talab darajasida tayyorlanishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat Qo‘mitasi bilan birgalikda Forum qatnashchilari uchun mehmonxonalardan joy ajratish choralarini ko‘radi.

Ushbu Forumning tashkiliy qo‘mita tarkibi qo‘yidagi shaxslardan iborat bo‘ladi:

A.A. Abduxakimov - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita raisi

A.X. Kamilov - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

E.O. Turdimov - Samarqand viloyati hokimi

B.S. Yuldashev - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti

B.A. Xodjayev - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri

I.U. Madjidov - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri

Sh.K. Kudbiyev - O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

I.Yu. Abdurahmonov - O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

A.U. Akkulov - O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

R.D. Kurbanov - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi

K.I.Allamjonov - O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rahbari

A.J. Xadjayev - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

Sh.B. Umurzakov - “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi

B.I. Xakimov - “O‘zbekiston xavo yo‘llari” MAK bosh direktori v.b.;

X.N. Xosilov - “O‘zbekiston temir yo‘lari” AJ bosh menedjer-bosh muhandisi

Q.Q. Kuronbayev - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi

A.Sh. Bekmurodov - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori

B.B. Ismailov - “Buyuk kelajak” XNNT raisi

O.B. Sattarov - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita kotibi.