Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi Qorasuv dahasida qurilayotgan uyda 5 nafar usta is gazidan zaharlandi

Samarqand shahri Qorasuv dahasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda ustachilik qilayotgan 5 nafar fuqaro 4 noyabr, dushanba kuni is gazidan zaharlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 4 noyabrdan 5 noyabrga o‘tar kechasi soat taxminan 23:30 da Samarqand shahar Qorasuv dahasi Obod maskan mahallasi hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joy qurilishida ishlayotgan 5 nafar usta yotoqxona sifatida foydalanilayotgan xonani isitish maqsadida temir idishda o‘tin cho‘g‘ini xonaga olib kirib uxlagan. Natijada, ular is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Bemorlarga is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.