Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik sportchilar Osiyo chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda Tailandning Pattayya shahrida kurash bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha, 19 iyun musobaqaning birinchi kunida 81 kg, 90 kg, 100 kg va 100 kgdan yuqori vazndagi o‘g‘il bolalar hamda 44 kg, 48 kg, 52 kg, 57 kg vazn toifalaridagi qizlar o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tdi.

Qit’a birinchiligining ilk kunida viloyatimiz vakillari 100 kg. vazn toifasida Ro‘ziboy Narzullayev yurtimiz medallar jamlanmasiga oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Shuningdek, 81 kg. vazn toifasida Erkin Qozoqov hamda E’zozbek Ravshanov kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davom etmoqda.

Ahror Shamsiyev.