Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandning faxriy fuqarosi Amir Temur haykali poyiga gul qo‘ydi

Fransiyadagi temuriylar tarixi va san’atini o‘rganish assotsiatsiyasi prezidenti Frederik Bopertyui-Bressand xonim boshchiligida 11 aprel kuni Samarqandga tashrif buyurgan mehmonlar kecha Amir Temur maqbarasi va shahardagi boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qilgan bo‘lsa, bugungi tadbirlar buyuk jahongir haykali poyiga gul qo‘yish bilan boshlandi.

Tadbirda mehmonlar bilan birga viloyat jamoatchiligi vakillari, ziyolilar qatnashdi.

Ayni paytda Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida “Temuriylar davrida madaniyat va san’at” mavzusida ko‘rgazma boshlandi.