Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDAQIda talabalar ijodiy ishlar bo‘yicha bellashdi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Yoshlar Vatan xizmatida, rostgo‘ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori” mavzusida ijodiy ishlar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan tanlovning yakuniy natijalarga ko‘ra, “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi bo‘yicha Samarqand davlat universiteti talabasi Nurxon Tovboyeva, “Eng yaxshi surat” yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi Hilola Obloqulova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

T.SIDDIQOV.