Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samvel Babayan: "Eng katta orzularimdan biri "Navbahor"ni chempion qilish"

Superliganing 25-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan «Championat.asia» nashriga o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun sifatli o‘yin namoyish etdik. Ammo odatiy kamchiligimiz vaziyatlardan to‘liq foydalana olmaslik ham kuzatildi. Sardor Mirzayev hujumda istalgan joyda o‘ynay oladi. Oxirgi ikki o‘yinda u markaziy hujumda o‘ynadi. Bugun gol urdi va juda foydali o‘ynadi. Keyingi uchrashuvda qaysi joyda o‘ynashini o‘ylab ko‘ramiz.

"Navbahor"ni yaxshigina o‘rganib chiqqandik, to‘pni nazorat qilishimiz kerakligini tushundik. Raqibning chap qanoti kuchli ekanini bilardik.
Biz bunga qadar ko‘p durang o‘ynadik? Sababi butun bahs davomida bir tempda o‘ynay olmadik, qandaydir 10 daqiqa bo‘shashish oqibatida gol o‘tkazardik va yakunda durang o‘ynardik.
Anzur Ismoilov va Islom To‘xtaxo‘jayev kabi himoyachilarga o‘rinbosarlar bormi? Hozirgi kunda ular "Lokomotiv"ning to‘laqonli a’zolari va hozir ularni almashtirishga ehtiyoj yo‘q. Yana bir necha yil o‘ynashlarini istardim. Albatta, jamoamizda yosh himoyachilar bor. Bundan tashqari qishda seleksiya ishlari ham jadal davom etadi.

Har bir insonning orzusi bo‘ladi. 1996 yilda "Navbahor" chempion bo‘lganida shu klub a’zosi bo‘lgandim. Eng katta orzularimdan biri bir kun kelib "Navbahor" bosh murabbiyi sifatida klubni O‘zbekiston chempioni qilish!", deydi Samvel Babayan.