Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qo‘shimcha charter reys qo‘yildi

Sankt-Peterburg –Toshkent va Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reys amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020 yil sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi (Moskva, Sankt-Peterburg) shaharlaridan Toshkentga charter qatnovlarga erkin sotuv ochilganini ma’lum qiladi”, deyilgan xabarda.

Qo‘shimcha HY 3602 Moskva-Toshkent reysi 23, 24, 25, 30 sentyabr, HY 3602 Sankt-Peterburg-Toshkent reysi reysi 25, 28, 30 sentyabr kuni amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun: Parvozga faqat 72 soat oldin PZR tahlili topshirganligi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston respublikasi fuqarolari qo‘yiladi.