Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shahar hokimiga maslahatchi tayinlandi

Samarqand shahar hokimining 2020 yil 26 martdagi farmoyishiga muvofiq, Xudoyqulova Fotima Inatullayevna shahar hokimining arxitektura va qurilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Xudoyqulova Fotima Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida tahsil olgan. Hozirgi kungacha "ARK Dizayn" arxitektura rejalashtirish korxonasi arxitektori, "ArxiKub" ma’suliyati cheklangan jamiyati bosh arxitektori sifatida faoliyat olib borgan.

F.Xudoyqulova Samarqand shahar an’analariga, jahon andazalariga hamda milliy ma’naviyatimizga mos ravishda ko‘chalarni mazmunli, tashqi reklama va axborot vositalari bilan bezatish ishlari bilan shug‘ullanib, arxitektura va qurilish masalalarini muvofiqlashtirib boradi.