Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sil xastaligiga chalingan onaxon uyida gaz bosimi yo‘qligidan shikoyat qildi

O‘tgan yili og‘ir xastalik - tuberkulyozga chalinib, uch oy muddatda davolanib chiqdim. Shifoxona xodimlaridan minnatdorman, hayotlarini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, bemorlar bilan xushmuomalada bo‘lishdi, muolaja qilishdi.

Yaqinda shifoxonadagi uch oy davolanishdan so‘ng uyga qaytib keldim. Afsuski, qor yog‘ib, havo harorati tushib ketishi bilan gaz bosimi keskin pasayib, uylarimiz sovib ketdi. Ammo bu kasallikda, o‘zingiz bilasiz, xona harorati yetarli darajada issiq bo‘lishi kerak. Bu ahvolda yana qaytalanib qolamanmi, deb qo‘rqaman.

O‘zim nafaqadagi ayolman, nafaqa pulim qaysi biriga bo‘lsin? Qo‘shimcha dori-darmonlar olishga ham majbur bo‘lyapman. Qolaversa, gaz bo‘lgani uchun o‘tin jamg‘armaganmiz. Bor o‘tin ham shu paytgacha tugab ketdi. Iltimos, shu masalada yordam berishlaringizni so‘rayman.

Amina SATTOROVA,

Samarqand shahri, So‘lim shaharchasi, Navro‘z mahallasi, Kishinyovskiy ko‘chasi,  1-tupik, 3-uy.