Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Talaba va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga chegirmalar e’lon qilindi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi talaba va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga 2019 yilning 20 dekabrdan 2020 yilning 6 yanvariga qadar chegirmalar e’lon qiladi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki viloyatlarga qishki ta’tilga borishni rejalashtirayotganlar uchun respublika bo‘ylab qatnovlarning aviachiptalariga 50 foizlik chegirma amal qiladi.

Chegirmalar ekskursiya tariflarga erkin savdoda mavjud joylardan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi.

Avvalroq “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” talabalar uchun chegirmalar muddatini e’lon qilgandi.