Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada 25 nafar o‘zbekistonlikni “qullik”dan qutqardi

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi tomonidan Astraxan viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabulda 25 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yordam berilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Rostov-Dondagi konsul Xujabaxlil Asamov o‘zbek diasporasi rahbari Baxodir Aminov bilan 25 nafar O‘zbekiston fuqarolariing pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani va ish haqi to‘lanmagani to‘g‘risida ma’lumot olib Xarabali tumaniga bordi. Ko‘rilgan choralar natijasida hujjatlar qaytarildi, ish haqi to‘landi, hamyurtlarimiz esa vatanga yuborildi.

Xizmat safari chog‘ida aniqlangan shu va boshqa huquqbuzarliklar yuzasidan konsulxona Astraxan viloyatining tegishli organlariga murojaat qilishini ma’lum qildi.