Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tegishli ruxsatnomasiz shahar “kezgan”, oynalari o‘zboshimchalik bilan qoraytirilgan avtoulov jarima maydonchasiga qo‘yildi

Joriy yilning 15 aprel kuni soat 15.30 lar atrofida Samarqand shahrining Beruniy ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan 70 A 029 RA davlat raqam belgili “Spark” avtomashinasi Samarqand viloyati IIB YHXB inspektori tomonidan to‘xtatib tekshirilganda, karantin qoidalarini buzgan, ya’ni tegishli ruxsatnomasiz, stikersiz transport vositasini boshqarib kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, yo‘l-patrul inspektori avtoulovning orqa davlat raqami yo‘qligini ham ko‘zdan qochirmadi. Qolaversa, YHXBning tegishli ruxsatnomasini olmasdan, transport vositasining oynalari tusini o‘zboshimchalik bilan qoraytirib olganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Ushbu haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.