Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Telegram’da tarqalgan vahimali xabar yuzasidan tekshiruv boshlandi

Telegram messendjerida maktab o‘quvchilarining onalari bir-biriga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabarni ulashishmoqda.

"Ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga (“Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari”) muvofiq, IIBB boshlig‘i ushbu audioxabarlarni ariza sifatida ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi.

Hozirgi vaqtda dastlabki tergov tekshiruvlari olib borilmoqda. Ushbu xabarlarni tarqatuvchi Telegram kanalidagi guruh ishtirokchilari so‘roq qilinmoqda", deyilgan Toshkent shahar IIBB xabarida.

Tezkor chora ko‘rilishi uchun barcha fuqarolardan huquqbuzarliklar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni 102 raqamiga, yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga yoki hududiy profilaktika inspektoriga, maktab direktoriga xabar qilish so‘ralgan.