Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Toyloq-Urgut» yo‘lida sodir bo‘lgan YTHda ikki haydovchi halok bo‘ldi

Shu yil 7 iyun kuni soat 19:30 larda Toyloq tumani Shokkash mahallasi hududidan o‘tuvchi «Toyloq-Urgut» yo‘lining 3-kilometrida mudhish yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashagan 47 yoshli B.B. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasini haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va Toyloq tumanida yashagan 27 yoshli A.H.ning boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuvdan «Damas» avtomashinasi yo‘l chetidagi ariqga tushib ketgan.

Natijada ikkala avtomashina haydovchilari kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtlarida vafot etganlar. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.