Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda mast haydovchi ona va bolaning hayotiga zomin bo‘ldi

Kecha, 4 may kuni soat 19:30 da Urgut tumani Tinchlik mahallasi hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining 33 kilometrida haydovchi, 27 yoshli F.R.ning boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini mast holatda Samarqand yo‘nalishi tomonidan Tojikiston Respublikasi yo‘nalishi tomonga qarab boshqarib kelayotgan vaqtida, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 29 yoshli Z.A.ning boshqaruvidagi “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashinasining o‘ng yon tomoniga urilib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

To‘qnashuv natijasida “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashina yo‘lovchilari (haydovchining turmush o‘rtog‘i va farzandi) 22 yoshli D.S. va voyaga yetmagan 2 yoshli A.N.lar og‘ir tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti xabar berdi.