Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda nochor oilaga yangi uy qurilmoqda

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “G‘avsul A’zam” jome masjidi imom-xatibi To‘lqin Isayev Jarqishloq qishlog‘ida yashovchi boquvchisi yo‘q, kam ta’minlangan, 4 nafar farzandi bor Muqaddas Oripovaga hashar yo‘li bilan homiylarni jalb qilgan holda uy-joy qurib bermoqda.

M.Oripova turmush o‘rtog‘i vafot etgach, to‘rtta farzandi bilan yolg‘iz qolgan. Uy masalasida yordam so‘rab tegishli tartibda murojaatlar qilgan. Bundan xabar topgan masjid imomi mahalladagi saxovatli kishilar va homiylarni beva ayolga yordam ko‘rsatishga targ‘ib etdi. Shuning bilan boquvchisini yo‘qotgan oila uchun boshpana qurib berishdek savobli ish boshlab yuborildi.

Olti sotix maydonda qurilayotgan hovliga hozirgi kungacha 100 million so‘m sarflandi. Imorat ko‘tarilib, tom qismi yopildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ma’lum qildi.