Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"UzAuto Motors" avtomobillarini olib ketayotgan yuk mashinasi ishtirokidagi YTH sababi ma’lum bo‘ldi

Kecha, UzAuto Motors yangi avtomobillarini olib ketayotgan treyler yuk avtomashinasi YTHga uchragani haqida xabar bergan edik.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 24 oktyabr kuni Buxoro viloyatining Gazli shahri yaqinida sodir bo‘lgan.

"Man" avtomobil tashuvchi treyler Urganch avtosaloniga 8 ta mashina olib ketayotgan bo‘lgan: 5 ta "Kobalt" va 3 ta "Neksiya". Yuk mashinasi navbat bilan ikki haydovchi tomonidan boshqarilgan.

Avtomobillarni olib ketayotgan treylerga "KAMAZ" yuk mashinasi urilgan.

Tergov davomida "KAMAZ" haydovchisi uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgani aniqlangan. YTH natijasida hech kim jarohatlanmagan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.