Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyat soliqchilari yetakchisi Nurobodda sayyor qabul o‘tkazdi

Nurobod tumanida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Shodiyor Ahmedovning sayyor qabuli o‘tkazildi.

Tumandagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar bank krediti, uy-joy uchun egalik huquqi olish, maktablarni kompyuter bilan ta’minlash masalalari yuzasidan amaliy yordam so‘rashdi.

– Qishloq yoshlari uchun yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha murojaat qildim, – deydi Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi Bekmurod Mirzayev. – Viloyat 4-sektor rahbari banklardan kredit ajratish orqali tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish orqali yoshlarning bandligini ta’minlash mumkinligi haqida tushuncha berdi. Shuningdek, xususiy bog‘chalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida tashabbuskorlar bo‘lsa, yordam berishini bildirdi.

Sh.Ahmedov tuman tibbiyot birlashmasi va xalq ta’limi bo‘limi tizimidagi muammolarni ham o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.

Sayyor qabulda bildirilgan aksariyat murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi, qolgan masalalar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.