Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyat hokimi mukofot pulini madaniy markazga hadya qildi

Prezident farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan edi.

Ordenga qo‘shib beriladigan mukofot pulini viloyat hokimi rus milliy madaniy markazi viloyat bo‘limiga hadya qildi.

«Mazkur mablag‘ bizga kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Undan faoliyatimiz samaradorligini oshirishda foydalanamiz», degan markaz viloyat bo‘limi rahbari Yelena Babenko.