Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Virus yuqtirgan qashqadaryolik o‘smir haqida ma’lumot berildi

Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tursunov virus yuqtirgan 14 yoshli bemorning Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida istiqomat qilishini tasdiqladi.

Doniyor Tursunovga ko‘ra, bemor koronavirusdan vafot etgan ikkinchi fuqaro bilan Toshkent shahrida muloqotda bo‘lgan.

Hozirda u Qarshi shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

14 yoshli bemorning yaqinlari va oila a’zolari karantinga olindi.