Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalq dardini tinglash muammolarga yechim topishning muhim omili

Xalq bilan bevosita muloqot mavjud muammolarning hal etilishida, yurtdoshlarimizni qiynab kelayotgan kamchiliklarga barham berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, mas’ul rahbarlar tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar bu borada ta’sirchan mexanizmga aylanib bormoqda. Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Shodiyor Ahmedov Toyloq tumanining Davlatobod mahallasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman aholisining elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, turar joylarning egalik huquqini rasmiylashtirish, yo‘llarni ta’mirlash va boshqa bir qator sohalarga doir murojaatlari tinglandi.

–    Mas’ul rahbarlarning xalq bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning dilidagi dardlarini tinglashi turmushimizdagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda – deydi mehnat faxriysi Shukur Abdurahimov. – Bugungi sayyor qabulda “Toza hudud” davlat unitar korxonasi bilan shartnoma tuzilishida amaliy yordam so‘rab murojaat etdim. Murojaatim tezda qanoatlantiriladigan bo‘ldi. Zero, tozalik, obodonlashtirish ishlari qaror topgan joyga baraka inadi, ishimizda unum bo‘ladi.

Shuningdek, tuman 4-sektori ishchi guruhi tomonidan Davlatobod mahallasidagi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Samarqand viloyati davlat

soliq boshqarmasi axborot xizmati.