Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xomashyo va materiallarni import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-son qarori bilan 2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi tasdiqlandi.

Dasturga avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va elektrotexnika sohalari uchun yuqori texnologiyali murakkab tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari ularni texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlarida loyihaning kamida 50 foizi amalga oshirilganidan so‘ng mahalliylashtirish darajasi nazarda tutilishi sharti bilan kiritilishi zarur.

Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishning prognoz parametrlariga ko‘ra, 2020-2021 yillarda:

- 2371 ta loyiha amalga oshiriladi;

- 30,3 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi;

- 3,1 milliard AQSh dollari qiymatidagi importning o‘rni bosiladi;

- 351,6 million AQSh dollari qiymatidagi eksport amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlar turlarini o‘zlashtirayotgan tashkilotlarga o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda bojxona to‘lovlarini bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat berilgan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.