Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorijdan fuqarolarimizni olib kelgan samolyot uchuvchilari karantinga joylashtirilsa, respublika ehtiyoji uchun zarur ekipaj a’zolari qanday yetkazib beriladi?

AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda muhim ma’lumotlar berildi.

➖ 11-24 may kunlari charter reyslarda xorijdan hamyurtlarimiz olib kelindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bo‘yicha epidemiologik noxush hududlarga borib kelgandan keyin ekipaj a’zolari ham 14 kunlik karantinga olinadi.

Agar shunday bo‘lsa, respublika ehtiyoji uchun shuncha ekipaj a’zolarini qayerdan topadi?

➖ Epidemik vaziyat murakkablashib pandemiyaga aylangan vaqtda charter reyslar amalga oshirilganda ekipaj a’zolari ham 14 kunlik karantinga olinar edi.

Hozirda ekipaj a’zolari xorij davlatlariga uchib borishda o‘zlarining uniformalarida bo‘lishadi. Chunki samolyot salonida yo‘lovchilar bo‘lmaydi.

Biroq qaytishda to‘liq himoya kiyimlarida bo‘lishadi. Ushbu ekipaj bir davlatdan fuqarolarni olib kelgach, ertasiga boshqa davlatga uchib ketishi mumkin.

Ular karantinga joylashtirilmaydi.

Biroq 14 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishadi.