Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

YHXBB haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, ayrim hududlarda qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushishi sababli avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar kelib chiqishi mumkin.

Shularni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa, dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmasliklarini, zarurat bo‘lmaganda, tunggi vaqtlarda harakatlanmaslikni, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta xushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘raydi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati dam olish kunlarini turli noxush holatlarsiz, maroqli o‘tkazishlarini tilaydi.