Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Zebiniso RAHMONOVA: Bir kun to‘y qilib, uch yil qarz to‘lash aqlli odamning ishi emas

Bugun Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zebiniso Rahmonova Yangi hayot mahallasida bo‘lib, aholi bilan to‘y va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham, dabdabasiz o‘tkazish haqida suhbatlashdi.

Mahalla aholisini “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tanishtirdi.

– Bir kun to‘y qilib, uch yil qarz to‘lash aqlli odamning ishi emas, – dedi Z.Rahmonova. – Erkaklarimiz, farzandlarimiz bu kabi to‘y qilishlar oqibatida o‘zga yurtlarda, oilasidan uzoqda, sarson-sargardonlikda yuribdi. Bo‘ldi endi, an’analarimizga yot, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan bunday shoulardan, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan bazmlardan voz kechaylik.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.