Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpayda mast erkak avtomashinani olib qochib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Voqea 21 mart kuni soat 20:30 da Narpay tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi 27 yoshli I.F. tomonidan sodir etilgan.

I.F. spirtli ichimlik ichib, tumanning Voriston qishlog‘i hududidan o‘tuvchi ichki avtomobil yo‘li chetida turgan “NEXIA-2” avtomashinaning eshiklari ochiqligi va kaliti o‘zida ekanligidan foydalanib, ushbu avtomashinani noma’lum tomonga olib qochgan.

So‘ngra mazkur avtomashinada I.F. “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishidagi M-37 avtomobil yo‘lining 109-km.da, qarama qarshi yo‘nalishda boshqarib borib “Damas” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan va hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida qonunbuzar Narpay tuman IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda va tergov harakatlari davom etmoqda.