Donald Tramp AQShda ko‘p yillik an’anani buzib, yangi farmon imzoladi: endi Amerika dollarining barcha kupyuralarida uning imzosi bo‘ladi

1861 yildan beri banknotlarda odatda g‘aznachi va moliya vazirining imzolari bo‘lib kelgan. Yangi qarorga ko‘ra, ulardan biri olib tashlanadi va uning o‘rniga prezidentning imzosi qo‘yiladi.

Shu tariqa 165 yil ichida birinchi marta banknotlardan g‘aznachi imzosi yo‘qoladi — uning o‘rnini Tramp imzosi egallaydi.
Yangi 100 dollarlik kupyuralar shu yil iyun oyidayoq chop etilishi kutilmoqda. Keyinchalik boshqa nominallar ham yangilanadi. Eski pullar muomaladan chiqarilmaydi.