Eksport ko‘lami kengayadi
Ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonamiz ham salohiyati jihatidan mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalari sirasiga kiradi. Ayni paytda bu yerda 17 turdan iborat infuzion eritmalar ishlab chiqarilmoqda. Germaniya va Xitoyning eng zamonaviy texnologiyalari o‘rnatilgan korxonamizda konveyer usulida flakonlar yasash, dori quyish, qadoqlash, yorug‘lik ta’sirida nazoratdan o‘tkazish kabi jarayonlar bajarilmoqda.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va eksport salohiyatini oshirish maqsadida ikkinchi loyihaga ham qo‘l urmoqdamiz. Endilikda bu yerda tabletka, ampula, kapsula va siroplarni qadoqlash liniyasi ishga tushirilmoqda. Shu yilning uchinchi choragida faoliyat ko‘rsatishi mo‘ljallanayotgan mazkur loyiha qiymati 27,5 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Yangi quvvatlar to‘liq ishga tushirilgach, korxonaning eksport salohiyati yiliga 3 million AQSh dollaridan oshadi va 200 ta yangi ishchi o‘rni ochiladi.
Alisher BAHODIROV, "Samarqand Englend Eko Medikal" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari o‘rinbosari.