Imtihonlar 3 smenada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ruxsatnomalar imtihon o‘tkazilishi kuni aniq bo‘lgandan keyin 10 kun oldin beriladi
- 22.07.2020 14:00
- 155
- Ta’lim
Diyorbek Qo‘chqorov, DTM boshqarma boshlig‘i:
- Bu yilgi abiteriyentlar sonidan (1,5 milliondan ortiq abituriyent hujjat topshirgan) kelib chiqib, imtihonlar 3 smenada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ruxsatnomlar imtihon o‘tkazilishi kuni aniq bo‘lgandan keyin 10 kun oldin beriladi.
✏️ 1 million 270 ming abituriyentga smeta qilingan. 840 ta guruh uchun barcha zarur himoya vositalari tayyorlangan.
🚌 Hududlardan keladigan abituriyentlar uchun sharoit yaratish ishlari olib borilmoqda. Transport vazirligi bilan abituriyentlarni olib kelib, yana yashash joylariga yetkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar ko‘rib chiqilmoqda.
Bu haqda AOKA zalida «2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari, tahlil va xulosalar» mavzusida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 26 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 30 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi