Omilkor dehqonlar tajriba almashdi
Unda tumanlar hokimlari, qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshliqlari, kimyo va agroservis komplekslari rahbarlari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari mutaxassislari, fermerlar va sohaga tegishli mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilari tumandagi "Navro‘z-Po‘latchi", "R.Mahmonov Qurbonovich", "Sh.Nazarov shogirdlari", "T.Kenjayev ta’mirchi" muqobil mashina traktor parklari hududidagi fermer xo‘jaliklarida ariq-zovurlarni qazish, tozalash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, tut ko‘chatlari ekish uchun maydonlar ajratish, g‘alla parvarishi kabi qishki yumushlarning bajarilishini ko‘zdan kechirdilar. So‘ngra ishtirokchilar "Mirzayev Shuhrat Kenjayevich" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati bilan tanishtirildi. Ularga xo‘jalikning chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik kabi qo‘shimcha tarmoqlari haqida ma’lumot berildi.
Ishtirokchilar tumandagi Mirzo Olim mahallasida yashovchi Fayzulla Rabbimov xonadonida ham bo‘lishib, tomorqada issiqxona tashkil etish tajribasi bilan tanishdilar. Bu xonadonda 4 ta issiqxona bo‘lib, bittasida limon parvarishlanadi, qolganlarida ko‘katlar, pomidor, bodring yetishtiriladi va yiliga uch martagacha hosil olinadi.
– Bugungi seminarda paxtachilik omilkor dehqonlarning yerdan unumli foydalanishdagi tajribalarini o‘rgandik, – deydi ishtixonlik Abdulla Bahromov. – Ayniqsa, issiqxonalardagi yiliga uch martagacha yuqori daromadli hosil olish amaliyoti va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklar faoliyatini tashkil etish borasidagi usul va tajribalar bizga ma’qul bo‘ldi. Buni o‘z faoliyatimizda joriy etishni maqsad qildik.
Seminarda viloyat hokimi T.Jo‘rayev ishtirok etdi.