Putinning qizi ham koronavirusga qarshi emlandi
- 11.08.2020 20:50
- 325
- COVID-19

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qizlaridan biri koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qildi. U bu haqda hukumat bilan bo‘lgan yig‘ilishda Rossiyaning COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinasi haqida xabar qilganida ma’lum qildi.
“Qizlarimdan biri o‘ziga muolaja qildirdi. Bu ma’noda u tadqiqotda ishtirok etdi. Birinchi muolajadan so‘ng, uning harorati 38 darajaga ko‘tarildi, ikkinchi kuni – 37 dan biroz yuqoriroq, shu bilan yakunlandi”, - dedi Putin.
“Ikkinchi muolajadan so‘ng, tana harorati yana biroz ko‘tarildi, keyin o‘tib ketdi. O‘zini yaxshi his qilyapti”, - qo‘shimcha qildi Rossiya yetakchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘plab odamlarda tashqi belgilar umuman kuzatilmayapti, muolajadan so‘ng tana harorati ham oshmayapti”, - so‘zini yakunladi Putin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 2 soat avval
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 14:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 18:38
- Ta’lim