Putinning qizi ham koronavirusga qarshi emlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qizlaridan biri koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qildi. U bu haqda hukumat bilan bo‘lgan yig‘ilishda Rossiyaning COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinasi haqida xabar qilganida  ma’lum qildi.

“Qizlarimdan biri o‘ziga muolaja qildirdi. Bu ma’noda u tadqiqotda ishtirok etdi. Birinchi muolajadan so‘ng, uning harorati 38 darajaga ko‘tarildi, ikkinchi kuni – 37 dan biroz yuqoriroq, shu bilan yakunlandi”, - dedi Putin.

 “Ikkinchi muolajadan so‘ng, tana harorati yana biroz ko‘tarildi, keyin o‘tib ketdi. O‘zini yaxshi his qilyapti”, - qo‘shimcha qildi Rossiya yetakchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘plab odamlarda tashqi belgilar umuman kuzatilmayapti, muolajadan so‘ng tana harorati ham oshmayapti”, - so‘zini yakunladi Putin.