Tinchlik va jasorat madh etildi
Tadbirda so‘z olganlar istiqlol yillarida mamlakatimizda tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikaga ega milliy armiyani barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, buning natijasida milliy armiyamiz yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi, hududiy yaxlitligi hamda xalqimiz osoyishtaligining ishonchli kafolatiga aylanganini e’tirof etishdi.

– Uch nafar farzandim elimiz tinchligi va xalqimizning osuda hayot kechirishini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotganidan faxrlanaman, – deydi bulung‘urlik Adolat Ibragimova. – Ana shunday bayram va boshqa tadbirlarning o‘tkazilishi yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning samarasi deb bilaman.
Elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan Vatan, tinchlik, mardlik va jasoratni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
B.XONKELDIYeV.