Odobnoma: Hayot uchun kurash
- 04.04.2019 08:00
- 178
- Mutolaa

Bir yosh bola kapalak pillasidan chiqishga urinayotganini kuzatdi. Uning kapalakka rahmi keldi va tashqariga chiqsin, deb pillani ochdi.
Kapalak ozod bo‘ldi va uchdi. Lekin bor-yo‘g‘i bir necha marta qanotini silkitib, maysaga quladi.
Bola juda xafa bo‘ldi va otasi oldiga borib sodir bo‘lgan voqeani aytib berdi. Otasi o‘yladi va o‘g‘liga javob qildi:
-Erta chiqaribsan. Hayotda yetarlicha kuchga ega bo‘lish uchun, kapalak pilla bilan kurashishi zarur edi.
“Hikmatlar javohiri” kitobidan.
Teglar:
Odobnoma