Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ertaga Samarqand shahrida ayrim ko‘chalar yopiladi

Bu haqda Samarqand shahar hokimining tegishli farmoyishi qabul qilingan.

Unga ko‘ra, 15 dekabr kuni «Xalq va armiya - bir tanu bir jondir!» shiori ostida yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi.

Marafonni yuqori saviyada tashkil qilish va u o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibini saqlash, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2021 yilning 15 dekabr kuni (8:00 dan 10:00 gacha) Samarqand shahrining Spitamenshoh ko‘chasi Markaziy harbiy okrug ma’muriy binosidan viloyat IIB YHXB binosigacha bo‘lgan qismida avtoulov harakati vaqtincha taqiqlanadi.

Farmoyishda shahar IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (R.Toshmurodov)ga transport vositalari harakatlanishi vaqtincha taqiqlangan hududda transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli yo‘l belgilari o‘rnatish, mas’ul biriktirish hamda doimiy nazoratga olish topshirilgan.