1 iyulgacha Samarqandda odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.
Adliya vazirligi:
● 2022 yil 1 iyulgacha Samarqanddagi, 2022 yil 1 dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024 yil 1 sentyabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;
● 2022 yil 1 noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta’minlaydi;
- ● 2023 yil 1 yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazadi.