1 noyabrdan alkogol mahsulotlarining narxi o‘zgaradi
- 30.10.2019 09:46
- 579
- O‘zbekiston
Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3188, 29.10.2019 yil).
Qaror bilan alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilandi.
Xususan, 2019 yil 1 noyabrdan 1 litr tayyor mahsulot uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narx tegishlicha:
- vino – 8600 so‘m va 10200 so‘m (ilgari 8000 so‘m va 9600 so‘m);
- konyak – 31 000 so‘m va 36 600 so‘m (ilgari 29 000 so‘m va 34 600 so‘m);
- aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar – 22 000 so‘m va 26 000 so‘m (ilgari 19 400 so‘m va 23 200 so‘m) etib belgilandi.
Teglar:
spirtli ichimlik