10 yoshda bakalavr: Dunyodagi eng yosh universitet bitiruvchisi
Oliy ma’lumotni bolalikda ham olsa bo‘lar ekan.
Buning uchun maktab shahodatnomasini (ekstern sifatida imtihon topshirish orqali) erta olish, darhol universitetga kirib bir necha yildan so‘ng bitiruvchiga aylanish lozim.
AQSh fuqarosi Maykl Kirni Kevin xuddi shunday yo‘ldan borgan.
30 yil oldin universitetni tugatgan erkak hozir 40 yoshda.
Maykl 1984 yilda Gavayida tug‘ilgan.
Ta’limni juda erta boshlagan "vunderkind" o‘rta maktabni 6 yoshida tamomladi. So‘ng Maykl Santa Rosa kolleji talabasi bo‘ldi. Geologiya mutaxassisligi bo‘yicha ushbu ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi guvohnomani olganida bolakay 8 yoshda edi.
Maykl 10 yoshida Janubiy Alabama universitetida bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi.
Bu yutuq bolaga dunyodagi eng yosh universitet bitiruvchisi maqomini olishga va “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kirishga imkon berdi.
"Vunderkind" bakalavr darajasida to‘xtab qolmadi. 14 yoshida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, biokimyo magistri darajasiga erishdi.
Maykl Kirni Kevin 17 yoshida kollej o‘qituvchisi bo‘lgan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.