100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga evakuvatsiya qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi xabar berdi.

Ushbu evakuvatsiya amaliyoti ikki davlatning Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.

Qilichevning ta’kidlashicha, evakuvatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda qoladi. Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sog‘liqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

O‘zbekiston hukumati ularga mamlakatda bo‘lish davrida oilasining barcha ehtiyojlari, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan ta’minlaydi.