100 yildan ortiq yashagan mashhur nuroniylar

XX asrda dunyo tanigan, yuz yildan ortiq yashagan kishilar haqida ma’lumotlar talaygina. Ushbu maqola doirasida 100 yil va hatto undan ham ko‘proq yashashga muvaffaq bo‘lgan eng mashhur kishilar bilan tanishishni taklif qilamiz.

Janna Kalman – 122 yil yashagan

Жанна Кальман в молодости и старости

Fransiyalik bu xonim 1875 yilda tug‘ilgan va 1997 yilda 122 yoshida vafot etgan. U Yer yuzida eng uzoq umr ko‘rgan ayol, deb e’tirof etilgan. Bu ayol butun umrini o‘zi tug‘ilgan Arl shahrida o‘tkazgan va kamdan-kam hollarda o‘z vatanini tark etgan. Hayotida ko‘p meva, zaytun moyi solingan ovqatlarni iste’mol qilgan. Ehtimol, bu uning uzoq umr ko‘rishi siridir. Buning ustiga u 100 yoshigacha velosiped minib, qilichbozlik bilan shug‘ullangan.

Jon Smit - 138 yil umr ko‘rgan

Самый старый индеец Джон Смит

Dunyoda yana bir keksa odam 1800-yillarning oxiri, 1900-yillarning boshlarida Mennesota shtatida yashagan, ojibve hindulari qabila boshlig‘i, tubjoy amerikalik Oq Bo‘ri laqabini olgan Jon Smitdir. Taxminlarga ko‘ra, u hozirgacha eng uzoq umr ko‘rgan keksa hindu bo‘lib, 138 yil yashagan. Jon dunyoga mashhur “otkritka”lar uchun suratga tushgan. Hayoti davomida uning sakkizta xotini va bitta farzandi bo‘lgani ma’lum. Jon Smit 1922 yilning 6 fevralida pnevmoniyadan vafot etgan.

Sara Knauss - 119 yil yashagan

Забавно, что мужа Сары Кнаусс звали Авраам Линкольн

Sara Knauss 1880 yilning 24 sentyabrida tug‘ilib, 1999 yilning 30 dekabrida 119 yoshida vafot etgan. U AQShning Pensilvaniya shtatida uzoq vaqt sug‘urta menejeri bo‘lib ishlagan. 117 yoshida o‘z davrining eng uzoq umr ko‘rgan kishisi, deb e’tirof qilinganda u tabassum bilan «Xo‘sh, nima bo‘pti?» deb javob bergan. Sara Knauss AQSh ishtirokidagi 7 ta urushning guvohi bo‘lgan. Uning yagona qizi Ketrin ham uzoq yashagan kishilar qatoriga kirib, 2005 yilda 101 yoshida vafot etdi.

Kane Tanaka - 118 yoshda

Само собой разумеется, Канэ Танака внесена в Книгу рекордов Гиннеса

2018 yilda yaponiyalik Kane Tanaka hozirda yashab kelayotgan barcha odamlarning eng keksasi deb e’tirof etilib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U 2021 yilning yanvar oyida 118 yoshga to‘ldi. Bu ayol juda murakkab va voqealarga boy hayot kechirdi. U Ikkinchi jahon urushi yillarida turmush o‘rtog‘i bilan non mahsulotlari ishlab chiqaradigan do‘konda ishlagan. 46 yoshida oshqozon osti bezi saratonini mag‘lub etdi va 63 yoshida nafaqaga chiqdi. Hozirda u qariyalar uyida yashaydi va she’r yozishni yaxshi ko‘radi. Undan qachongacha yashashni xohlashini so‘rashganda, u «Yana 5 yil», deb javob beradi.

Ehtimol, kelajakda odamlar 400 yil va undan ko‘proq umr ko‘rishi mumkindir va bizga ilm-fan taraqqiyoti yordam bersa, ajabmas.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.