11 oy davomida tabiatga 10 milliard so‘mga yaqin miqdorda zarar yetkazilgan
AOKAda o‘tgan matbuot anjmunida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Narzulla Oblomurodov moratoriy davridagi ishlar haqida axborot berdi:
➖ Moratoriy davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4018 ta (10 oylik holatiga) murojaat kelib tushgan, murojaatlarda 188 943 tup davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘ralgan;
20 noyabr holatiga ko‘ra, jami qonunbuzarliklar soni 3 897 ta, belgilangan jarima — 4 316,1 million so‘mni tashkil etib, shundan 2 757,4 million so‘mi undirildi;
Tabiatga yetkazilgan zarar — 9 787,2 million so‘mni tashkil etib, shundan 2 942,4 million so‘mi undirildi;
Jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida 338 ta holat bo‘yicha (6 913,1 million so‘m) to‘plangan hujjatlar tegishli organlarga (sud, prokuratura, MIB, IIB) kiritildi;
17 ta holat bo‘yicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.