120 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi
Ushbu qaror ijrosi yuzasidan viloyat idoralararo komissiyasi tomonidan xatlov o‘tkazildi. Xatlov natijalariga ko‘ra, viloyatdagi 392 ta korxona va ob’yektlarda bo‘sh turgan maydonlar borligi aniqlandi. Ularda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida 242 ta ob’yekt xo‘jalik faoliyatiga jalb qilindi. Ishni tashkil etish uchun 262,9 milliard so‘m va 18,6 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish evaziga 254 ta loyiha ishlab chiqildi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida joriy yilning 1 dekabrigacha 120 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi va 46,8 milliard so‘m mablag‘ kiritilib, 867 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Loyiha tashabbuskorlari va tadbirkorlarga yordam berish maqsadida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasining 233-42-45 raqamli «ishonch telefoni» orqali ham murojaatlar qabul qilinmoqda.
Suhrob MAHMARAIMOV,
Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat
hududiy boshqarmasi
mutaxassisi.