14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni: Ijodkorlar va harbiylar davrasi
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda Markaziy harbiy okrug Samarqand gornizoni hamkorligida “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi A.Haydarov, uyushma a’zolari, faxriy jurnalist va shoirlar yurtimiz sarhadlarini qo‘riqlayotgan Vatanimiz himoyachilari bo‘lgan zobit va askarlarni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Yurtimizda harbiylarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida gapirdi.
- Ijodkorlar va harbiylar uchrashuvi doim zavqli bo‘ladi, - deydi Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i Akbar Abduxalilov. – Bu kabi uchrashuvlarda harbiy xizmatchilarimiz harbiy tayyorgarligi hamda ma’naviy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bizni xursand qilgan yana bir jihat shunda bo‘ldiki, kutubxonamizga va tadbirda faol bo‘lgan askarlarga ijodkorlar tomonidan kitoblar berildi.
Husan ELTOYeV.