141 murojaatchiga 8,97 milliard so‘m kredit ajratildi

Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilning olti oyida jismoniy va yuridik shaxslardan 740 ta yozma murojaat kelib tushdi. Ularning aksariyatini tadbirkorlik, uy-joy (ipoteka) krediti masalalari tashkil etmoqda.

Murojaatlarning har biri bosh boshqarmaning malakali mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, ularga o‘z vaqtida asoslantirilgan javoblar berilmoqda. Shu bilan birga, kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘rganish va amaldagi qonunchilik doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rildi. Xususan, 2020 yilning birinchi yarim yilligida kredit masalasida kelib tushgan murojaatlarning 141 tasiga 8,97 milliard so‘m kredit ajratildi.

Aholi va tadbirkorlarning bank tizimiga oid murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida joylarda tijorat banklari rahbarlari ishtirokida sayyor qabullar, bosh boshqarmada qabullar tashkil etilib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, viloyat bank tizimiga oid murojaatlar yuzasidan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga huquqiy maslahatlar,  jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ma’lumot va tavsiyalar berilmoqda.

Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi axborot xizmati.