19 fevral kuni Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi
Viloyat hokimi E.Turdimov 2021 yil 12 fevralda “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi 2021 yil 19 fevral kuni soat 10:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning “Kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;
- viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Nurullayevning “Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Mahmarahimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan hisoboti;
- Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i O.To‘xtayevning “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi hisoboti;
- Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamovning “Ijtimoiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risida”gi hisoboti;
- boshqa masalalar.