200 ming AQSh dollarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi
- 26.06.2019 16:17
- 194
- Jinoyat va jazo
Fuqaro binoni sotish uchun 200 ming AQSh dollari olib, keyinchalik binoni yana boshqa odamlarga sotib yuborgan.
Toshkent shahar IIBB JQBdan tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning 9 aprel kuni Yunusobod tumanida yashovchi 42 yoshli O.M. “Sanoat Qurilish Industriya” MChJ binosini «Sinomed» MChJ direktori 64 yoshli R.G.ga sotishga va’da bergan.
O.M. boshlang‘ich to‘lov uchun 200 ming AQSh dollarini olgan. Pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborib, binoni boshqa shaxslarga sotib yuborgan.
Fuqaro O.M. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa