200 nafar yoshlar xorijda ishlashning qonuniy asoslari bo‘yicha huquqiy savodxonlikka ega bo‘ldi

Samarqand shahar yoshlar markazida fuqarolarning  o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha va yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Tashqi migratsiya agentligi viloyat bo‘limi, Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasi tomonidan xorijda ishlab, uyiga qaytib kelgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqanlar xorijda ishlashning qonuniy asoslari, noqonuniy migratsiya oqibatida kelib chiqayotgan odam savdosi, undan jabrlanish va deportatsiya qilinish kabi salbiy holatlar, ularni oldini olishda huquqiy savodxonlikning ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Ochiq muloqotda ishtirok etgan 200 nafar tuman va shaharlardan kelgan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblarni olishdi.