Samarqand Yoshlar markazida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda viloyat jamoatchiligi, Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, huquqni muhofaza qilish idoralari, siyosiy partiyalar vakillari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov barchani bayram bilan qutladi.

Bayram tadbiri davom etmoqda. Saytimizni kuzatib boring. Bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.